Endometriy giperplastik jarayonlarning differentsial tashxisida multiparametrik ultratovush tekshiruvi
Ushbu avtoreferat tibbiyot xodimlari uchun zamonaviy ultratovush texnikalaridan foydalangan holda menopauzadagi ayollarda endometriy giperplastik jarayonlari va endometriy saratonini differensial diagnostika qilish algoritmini ishlab chiqish bo'yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalarini o'z ichiga oladi. Tadqiqotda multiparametrik ultratovush tekshiruvi, jumladan, B-rejim, 3D-angiografiya, dopplerometriya va elastografiyaning qo'llanilishi natijasida diagnostika aniqligini oshirish, shuningdek, invaziv muolajalardan qochish yo'llari ko'rsatilgan. Shuningdek, maqolada ushbu usullarning qo'llanilishi bo'yicha tavsiyalar va natijalar keltirilgan.