English for engineering specialities
Ushbu kitob temir yo'l sohasidagi texnik yo'nalishlar bo'yicha tahsil olayotgan bakalavriat talabalari uchun mo'ljallangan ingliz tili o'quv qo'llanmasidir. Qo'llanma talabalarga o'z mutaxassisliklari bo'yicha amaliy mashg'ulotlarni ingliz tilida bajarishga yordam beradi hamda ularning kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida zarur bo'ladigan ingliz tilidagi bilimlarni shakllantirishga qaratilgan. Kitobda turli xil texnik mavzularga oid matnlar, mashqlar, grammatik qoidalar va lug'at boyligini oshirishga qaratilgan topshiriqlar mavjud. Qo'llanma yangi pedagogik texnologiyalar va interfaol usullardan foydalangan holda tuzilgan bo'lib, talabalarga ingliz tilini bosqichma-bosqich o'rganish va mavzularni chuqurroq o'zlashtirish imkoniyatini beradi.