Epixlorgidrin va benzoksazoltionning o`zaro ta`sirlashuv reaksiyasini o`rganish
Ushbu kitobda epixlorgidrin va tarkibida azot atomi tutgan birikmalar, xususan, benzoksazoltion o'rtasidagi o'zaro ta'sirlashuv reaktsiyalari, polimerlanish jarayonlari, ularning kinetikasi va mexanizmlari batafsil o'rganilgan. Sintez qilingan oligomerlarning tuzilishi IQ va PMR spektroskopik tadqiqotlar yordamida tasdiqlangan. Olingan oligomer mahsulotlarning amaliy qo'llanilishi, xususan, poliuretan elimlarining xossalariga ta'siri, shuningdek, ularni poyafzal sanoatida qo'llash imkoniyatlari ko'rib chiqilgan. Kitob kimyo, polimerlar kimyosi va texnologiyasi sohalari bo'yicha mutaxassislar uchun mo'ljallangan.