Farmatsevtik biotexnologiya
Ushbu kitob "Biotexnologiya" fanidan talabalarning nazariy bilimlar, amaliy ko'nikmalar, biotexnologik jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi. Fan bo'yicha talabalarning bilim, ko'nikma va malakalariga qo'yiladigan talablar batafsil yoritilgan. Kitobda biotexnologiya, viruslar, bakteriyalar, o'simlik va hayvon hujayralari, bioreaktorlar, rekombinant DNK texnologiyasi, gen muhandisligi, fermentlar muhandisligi, biosensorlar kabi mavzular chuqur o'rganilgan.