Favipiravirning yangi supramolekulyar komplekslari olinishi, tuzilishi va biologik faolligi
Ushbu kitobda favipiravirning turli faol birikmalar bilan yangi supramolekulyar komplekslarini sintez qilish, ularning tuzilishi va biologik faolligini oʻrganish hamda ularning tibbiyotda qoʻllanilishi yoritilgan. Tadqiqot natijasida, favipiravirning suvda yaxshi eriydigan va kam zaharli supramolekulyar kompleks birikmalari hosil qilingan, ularning tuzilishi va biologik faolligi aniqlangan. Shuningdek, ushbu komplekslarning in vitro va in vivo sharoitida sitotoksikligi, oʻtkir zaharliligi va jigarga gepatotoksik taʼsirini hamda viruslarga qarshi faolligini favipiravirga nisbatan qiyosiy aniqlashdan iborat. Kitobda keltirilgan tadqiqotlar COVID-19 va shunga o'xshash virusli infektsiyalarga qarshi istiqbolli terapevtik vosita sifatida favipiravirning yangi supramolekulyar komplekslarining yuqori samaradorligi, past toksikligi va gepatotoksik xususiyatlariga ega emasligini ko'rsatadi.