🔍

Fizikа kursi

Ushbu o'quv qo'llanma Jizzax politexnika instituti «Radioelektronika» kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan tayyorlangan bo'lib, u 18 ta ma'ruzalar matnidan iborat. Qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining «Professional oliy ta’lim Davlat Standarti» ga binoan oliy texnika ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar uchun ishlab chiqilgan fizikadan 2 semestrlik o‘quv dasturining 2-semestriga moslab tuzilgan. Qo'llanmada klassik va zamonaviy fizikaning asosiy bo'limlari, jumladan, «Elektromagnetizm, optika, atom va yadro fizikasi» kabi mavzular yoritilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 100.0%

Fizika

Ushbu oʻquv qoʻllanma fizika fanining "Elektrostatika, elektromagnitizm" boʻlimi boʻyicha masalalar va ularni yechishga oid uslubiy koʻrsatmalar keltirilgan boʻlib, qoʻllanma Davlat taʼlim standarti asosida 5330500 – “Kompyuter injiniringi” (AT-Servis), 5350100 – “Telekommunikatsiya texnologiyalari”, yoʻnalishlari boʻyicha tayyorlanayotgan mutahassislar bilimiga tegishli naʼmunaviy dastur va oʻquv rejalar asosida bakalavrlar (sirtqi) uchun ishlab chiqilgan. Umumiy fizikaning elektr va magnitizm boʻlimlariga doir 6ta mavzu boʻyicha masalalar keltirilgan. Mavzudagi masalalar talabalar uchun oʻrganilayotgan masalani yechish uslubini va tavsiyalar berilgan, hamda har bir mavzu uchun masalalar turlari tipologik boʻlinishi bilan bilan yechish misollari koʻrsatilgan. Masalalarni tushunish, yechish va nazariy materiallarni mustahkamlashda qoʻllanma yordam beradi.

🔑 Kalit soʻz🎯 80.2%

Fizika

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan bo'lib, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun fizika fanidan o'quv dasturidir. Dastur fizika kursining maqsad va vazifalarini, o'quv rejasida fizika faniga ajratilgan soat miqdorini, fan bo'limlari va mavzularning mazmunini, ko'rgazma va tajribalarni, laboratoriya ishlarini, jihozlar va o'quv-ko'rgazmali qurollarni, adabiyotlarni o'z ichiga oladi. Dasturda mexanika, molekulyar fizika va termodinamika asoslari, elektrodinamika asoslari, optika, kvant fizikasi asoslari, atom va yadro fizikasi kabi bo'limlar bo'yicha ma'lumotlar berilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 80.2%

Fizika

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan, Toshkent Avtomobil - Yo'llar Instituti Fizika kafedrasi tomonidan tayyorlangan "Fizika" fanidan "Mexanika" bo'limi bo'yicha mustaqil ish va amaliy mashg'ulotlarni bajarish uchun mo'ljallangan uslubiy qo'llanmadir. Qo'llanma Oliy o'quv yurtlarida Umumiy fizika kursining amaliy mashg'ulotlarini o'qitishda talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etishga qaratilgan. Unda kinematika, dinamika, impuls, impulsning saqlanish qonuni, ish, quvvat va energiya kabi mexanikaning asosiy mavzulari bo'yicha masalalar yechish usullari keltirilgan. Qo'llanma fizika fani o'qitiladigan barcha yo`nalishdagi bakalavrlar uchun mo'ljallangan.

🔑 Kalit soʻz🎯 80.2%