Sharq va Gʻarb falsafasi tarixida an’ana va an’anaviylik fenomeni
Ushbu dissertatsiya «Sharq va Gʻarb falsafasi tarixida an'ana va an'anaviylik» fenomenining evolyutsiyasini oʻrganishga bagʻishlangan boʻlib, unda an'ananing Sharq va Gʻarb falsafasidagi tarixiy va ijtimoiy-madaniy ahamiyati, uning falsafiy-tarixiy evolyutsiyasi, zamonaviy dunyodagi oʻrni va mohiyati hamda «an'anaviylik»ning ijtimoiy-siyosiy va madaniy rivojlanishdagi oʻrni nazariy-metodologik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda an'ana va an'anaviylikning turli yoʻnalishlari, jumladan, primordial, madaniy, metafizik, elitar va islomiy an'anaviylikning mohiyati, ularning Sharq va Gʻarb falsafasidagi oʻrni va ahamiyati, shuningdek, zamonaviy Oʻzbekiston taraqqiyoti va madaniy evolyutsiyasidagi roli va oʻrni ochib berilgan. Tadqiqotning amaliy natijalari sifatida an'anaviylik asosida yosh avlodda madaniy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirish, ta'lim tizimini takomillashtirish, millatlararo totuvlikni mustahkamlash kabi muhim vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan takliflar va tavsiyalar berilgan.