Gʻarbiy Farg‘ona qandalalari (Heteroptera: Pentatomoidea) faunasi va ekologiyasi
Ushbu kitobda Gʻarbiy Fargʻona hududi Pentatomoidea (Heteroptera) oilasiga mansub qandalalarining faunasi va ekologiyasi tadqiq etilgan. Tadqiqot doirasida hududdagi qandalalarning tur tarkibi aniqlanib, ularning tarqalishi, miqdor dinamikasi, trofik xususiyatlari va bioekologiyasi oʻrganilgan. Shuningdek, qandalalardagi polimorfizm va jinsiy dimorfizm hodisalarining sabablari izohlangan, morfometrik belgilari tahlil qilingan va ularning ekologik jihatlari asoslangan. Tadqiqot natijalari asosida iqtisodiy zarar yetkazuvchi va foydali turlari aniqlanib, zararkunandalar darajasi baholangan va ular bilan kurashish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.