Tuproqqa ishlov berish usullarining g’o’zani o’sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri.
Ushbu kitob O'zbekiston sharoitida paxta yetishtirishning agrotexnik usullari, tuproqqa ishlov berishning ahamiyati, shudgorlash usullari va muddatlarining paxta hosili va sifatiga ta'siri, tuproq unumdorligini oshirish yo'llari, sug'orish me'yorlari va muddatlari, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish choralari kabi masalalarni qamrab olgan. Unda shuningdek, har xil tuproq-iqlim sharoitlariga mos shudgorlash usullari, mineral o'g'itlar bilan ta'minlash, va shudgorlashning iqtisodiy samaradorligi masalalari yoritilgan. Kitobda ilmiy tadqiqot natijalari va ilg'or tajribalar asosida tavsiyalar berilgan.