GEOTHERMAL ENERGY FOR HEAT PUMPS
Ushbu maqola geotermal energiyadan foydalanuvchi issiqlik nasoslari texnologiyasini, ularning samaradorligini va iqtisodiy samaradorligini tahlil qiladi. Maqolada issiqlik nasoslari (IN) ning ishlash prinsipi, asosiy qismlari, energiya samaradorligi va ularning qo'llanilishi haqida batafsil ma'lumot berilgan. Maqolada, shuningdek, geotermal energiya asosida issiqlik nasoslarini qo'llash natijasida tabiatni muhofaza qilish va iqtisodiy samaradorlik bo'yicha tadqiqotlar keltirilgan. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, ushbu texnologiya tabiiy gazdan foydalanishni kamaytirish va karbonat angidrid chiqindilarini qisqartirishga yordam beradi. Shuningdek, issiqlik nasoslarini o'rnatish uchun sarflangan mablag'lar 8,5 yil ichida to'liq qoplanishi ta'kidlanadi.