Gomoveratrilamin bilan triptofan o‘rtasidagi kondensatlanish va sikllanish reaksiyalarining borishini kvant-kimyoviy o‘rganish
Ushbu maqola gomoveratrilamin va triptofan oʻrtasidagi kondensatlanish va sikllanish reaksiyalarining kvant-kimyoviy tadqiqotini oʻz ichiga oladi. Reaksiyalar energetik profillarini tuzish orqali oʻrganilgan va hosil boʻlgan mahsulotlarning tuzilishi tajribaviy va hisoblangan IQ-spektrlarining mosligini baholash orqali tasdiqlangan. Tadqiqot natijalari ushbu jarayonlarning mexanizmlari va energetik xarakteristikalarini tushunishga yordam beradi, bu esa yangi izoxinolin hosilalarini sintez qilish uchun muhimdir.