Gulxaniyning "Zarbulmasal" asarini o‘qitishda hamkorlikda ishlash texnologiyasidan foydalanish
Mazkur maqola Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti Abdullayeva Margʻubaning Gulxaniyning „Zarbulmasal” asarini oʻqitishda hamkorlikda ishlash texnologiyasidan foydalanish usullari haqidagi ilmiy-nazariy qarashlarini yoritib beradi. Unda hamkorlik pedagogikasining asosiy tamoyillari, jumladan, fikr almashish, suhbat, tahlil, munozara, muzokara, amaliy vazifalar bajarish kabi usullari hamda bu texnologiyaning Gulxaniy ijodini oʻrganishdagi ahamiyati tushuntiriladi. Shuningdek, maqolada oʻqituvchi uchun hamkorlikda ishlashni tashkil etish boʻyicha tavsiyalar, jumladan, guruhlarga boʻlish, savollar berish, oʻyinlar tashkil etish va boshqalar haqida maʼlumotlar keltirilgan. Gulxaniyning „Zarbulmasal” asari tahlili orqali oʻquvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, ularda ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish koʻzda tutilgan.