Halima Xudoyberdiyeva
Halima Xudoyberdiyeva - iste'dodli shoira, jurnalist, faol jamoatchi. U "Saodat" oynomasining bosh muharriri, Respublika xotin-qizlar Kengashining raisi lavozimlarida ishlagan. Uning ijodi 60-yillardan boshlangan bo'lib, hozirgacha yigirmaga yaqin she'riy, publitsistik asarlar to'plami nashr etilgan. Uning she'rlari inson, tabiat va jamiyat muammolarini qamrab oladi. Shuningdek, u mohir tarjimon sifatida ham tanilgan.