Haloaccumulative properties of plants
Ushbu maqola, qishloq xo'jaligida sho'r tuproqlardan samarali foydalanish va ularda o'sadigan ekinlarni tanlash muammolariga bag'ishlangan. Tadqiqotda Fabaceae va Asreraceae oilalariga mansub yem-xashak o'simliklarining tuzga chidamliligi va tuz to'plash xususiyatlari o'rganilgan. O'simliklarning tuzga chidamliligi va tuzni o'zlashtirish qobiliyati aniqlangan. Natijalarga ko'ra, Vicia angistifolia tuzli tuproqlarga eng chidamli ekanligi, Crotallaria alata esa eng zaif ekanligi aniqlangan. Maqolada, shuningdek, fitomelioratsiya ishlarida Melilotus albus, Medicago sativa va Vicia angistifolia o'simliklaridan foydalanish mumkinligi ta'kidlanadi. Tadqiqot natijalari O'zbekistonning sho'r tuproqlari uchun tavsiya etilgan yem-xashak o'simliklarini tanlashda muhim ahamiyatga ega.