Halqali ip yigirish mashinalarini takomillashtirib sifatli ip ishlab chiqarish
Ushbu avtoreferat Djumabayev Gʻulomjon Xalillayevichning «Halqali ip yigirish mashinalarini takomillashtirib sifatli ip ishlab chiqarish» mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi asosiy natijalarini oʻz ichiga oladi. Unda halqali ip yigirish mashinasining choʻzish asbobi va uning konstruktiv elementlarini takomillashtirish, ipning uzilishini kamaytirish hamda sifatini oshirish boʻyicha nazariy va amaliy tadqiqotlar natijalari keltirilgan. Xususan, yangi konstruktsiyali yuk valiklari va klipsalarni ishlab chiqish, ularning mashina parametrlari va ip sifati koʻrsatkichlariga taʼsirini tadqiq etish, matematik modellar tuzish va tajriba natijalarini tahlil qilish orqali sifatli ip ishlab chiqarishga erishish usullari bayon etilgan.