Hikmatli latifalar
Kitobda turli hikmatli latifalar jamlangan bo'lib, ularda diniy va axloqiy mavzularga doir ibratli voqealar, pand-nasihatlar, donishmandlarning so'zlari keltirilgan. Latifalar qisqa, ammo mazmunli bo'lib, o'quvchiga o'z hayoti va dunyoqarashini o'zgartirishga yordam beradi. Kitobda Mavlono Jaloliddin Rumiy, Hasan Basriy, Boyazid Bistomiy kabi mashhur zotlarning hayotidan olingan voqealar ham o'rin olgan.