Immobilization methods for pediatric mandibular fractures
Ushbu monografiya bolalarda jag' suyagi singanliklarini davolashning zamonaviy usullarini o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, unda turli immobilizatsiya usullarining samaradorligi, jumladan, an'anaviy va yangi usullarning afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilinadi. Tadqiqotda jag' singanliklarining tarqalishi, etiologiyasi va rivojlanish omillari, shuningdek, davolash jarayonida yuzaga keladigan asoratlar atroflicha ko'rib chiqiladi. Periodontal to'qimalarning mikrosirkulyatsiyasi, suyak metabolizmi va suyak zichligining o'zgarishlarini baholash uchun klinik va laboratoriya tadqiqotlari o'tkazilgan. Zamonaviy texnologiyalar va materiallardan foydalangan holda jarohatni davolashning yangi usullarini ishlab chiqish va qo'llash masalalariga alohida e'tibor qaratilgan.