Maktabgacha ta’limda xorij tajribalarning qiyosiy tahlili
Ushbu kitob maktabgacha ta'limda xorij tajribalarining qiyosiy tahliliga bag'ishlangan bo'lib, magistratura talabalari uchun mo'ljallangan. Unda dunyo mamlakatlarining ta'lim tizimlari, jumladan AQSh, Yevropa, Osiyo mamlakatlari, Yaponiya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Kanada, Xitoy, Indoneziya, Isroil, Avstraliya, Singapur, Malayziya, Turkiya va Arab mamlakatlarining ta'lim tizimlari, ularning o'ziga xosliklari, rivojlanish bosqichlari, zamonaviy islohotlari va yutuqlari tahlil qilinadi. Kitobda shuningdek, ta'lim sohasidagi milliy va xalqaro tajribalarning O'zbekiston ta'lim tizimiga tatbiq etish imkoniyatlari ham ko'rib chiqiladi.