Modeling power consumption modes in industrial facility
Ushbu maqola sanoat ob'ektlarida energiya sarfini modellashtirishga bag'ishlangan. Unda energiya sarfini aniq va statistik usullar yordamida modellashtirishning ahamiyati tushuntiriladi. Metallurgiya ishlab chiqarishida, xususan, elektr yoyli pech (EAF)da energiya sarfini aniqlash uchun regression tahlili qo'llanilgan. Tadqiqot natijasida energiya sarfi va ishlab chiqarish hajmi o'rtasidagi bog'liqlik aniqlangan va energiya samaradorligini oshirish bo'yicha takliflar berilgan.