XORIJIY TIL
Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanma 'Tibbiyotda xorijiy til' fanidan menejment va biznes boshqaruvi yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan. Unda talabalarning xorijiy til bo'yicha bilimlarini ixtisoslik sohasi bilan bog'lab rivojlantirish, menejment va biznes boshqaruvi terminologiyasini o'zlashtirish, shuningdek, kasbiy muloqot kompetensiyalarini shakllantirish ko'zda tutilgan. Qo'llanma amaliy mashg'ulotlar, mustaqil ta'lim topshiriqlari, asosiy va qo'shimcha adabiyotlar, hamda internet resurslarini o'z ichiga oladi. Kurs davomida talabalar tinglash, gapirish, o'qish va yozish ko'nikmalarini rivojlantiradilar hamda biznes kommunikatsiyalari, menejment nazariyalari va amaliyotiga oid mavzularni chuqur o'rganadilar.