Janubiy O‘zbekiston qoyatosh rasmlari texnika-tipologiyasi va qiyosiy tahlili
Ushbu dissertatsiya ishida Oʻzbekiston janubi hududida joylashgan Siypantosh, Zarautsoy va Zarabog' qoyatosh rasmlarining texnika-tipologik va qiyosiy tahlili asosida, qadimgi davrda yashagan xalqlarning ilk diniy-mifologik qarashlari, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ma'naviy hayotini ochib berish maqsad qilib qo'yilgan. Tadqiqotda ushbu hududlardagi qoyatosh rasmlarining yaratilish davri, uslubi, mazmuni, jahon arxeologiyasi bilan qiyosiy tahlili amalga oshirilgan. Shuningdek, ushbu rasmlarning ilmiy-amaliy ahamiyati va ularni saqlash muammolari ham ko'rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari asosida O'zbekistonning qadimgi madaniy merosini o'rganish va targ'ib qilish bo'yicha tavsiyalar berilgan.