Jilvir tosh yordamida arralarga tish kesish qurilmasi konstruktsiyasini va uni tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish
Ushbu kitob mashinasozlik texnologiyasi, materialshunoslik, ishlab chiqarish jarayonlari, xavfsizlik texnikasi va iqtisodiyotga oid masalalarni qamrab oladi. Unda metallarga bosim bilan ishlov berish, kesish usullari, yig'ish, abraziv ishlov berish, texnik xizmat ko'rsatish, shuningdek ishlab chiqarish korxonalarida xavfsizlik va mehnat muhofazasini ta'minlashga oid ma'lumotlar berilgan. Kitobda, shuningdek, jilvir tosh yordamida arralarga tish kesish qurilmasini loyihalash va tayyorlash texnologiyasi ham batafsil yoritilgan. Kitob mashinasozlik sohasidagi talabalar, muhandislar va mutaxassislar uchun mo'ljallangan.