🔍

Математика 1

Ushbu o'quv qo'llanma O'zR Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Oliy matematika,” fanining o‘quv rejasiga to‘la mos keladi va bakalavriatning quyidagi ta’lim yo‘nalishi talabalariga mo‘ljallangan: 5330500 – Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”, “AT-servis”, “Multimedia texnologiyalari”); 5330300 – Axborot xavfsizligi; 5330600 – Dasturiy injiniring; 5350100 – Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”, “Teleradioeshittirish”, Mobil tizimlari); 5350200 – Televizion texnologiyalar (“Audiovizual texnologiyalar”, “Telestudiya tizimlari va ilovalari”); 5350300 – Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment; 5350400 – Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi; 5350500 – Pochta aloqasi texnologiyasi; 5350600 – Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik. O‘quv qo‘llanma ikki jilddan iborat bo‘lib, uning birinchi jildida chiziqli algebra, tekslikda va fazoda analitik geometri va vektorlar algebrasi elementlari, matematik analizga kirish, bir o‘zgaruvchili funksiyalarning differensial hisobi, funksiyalarni hosilalar yordamida tekshirish, bir o‘zgaruvchili funksiyalarning integral hisobi kiritilgan. Har bir paragrafda dastlab qisqacha nazariy ma’lumotlar keltirilib, keyin esa turli tipdagi misol va masalalarning batafsil yechilish usullari ko‘rsatilib, kerakli uslubiy ko‘rsatmalar berilgan. Har bir bo‘lim uchun mustaqil yechish uchun yetarli miqdorda misol va masalalar hamda test savollari berilgan. Undan tashqari har bir bo‘limda berilayotgan nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lovchi masalalar yechib ko‘rsatilgan va mustaqil bajarish uchun topshiriqlar berilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 75.8%

Сув полочиларнинг жисмоний тайёргарлигини аниклаш

Ushbu kitob Oʻzbekiston Respublikasida sportni rivojlantirish, suzish sportining ahamiyati, sportchilarni tayyorlashning turli jihatlari, xususan, jismoniy tayyorgarlik masalalariga bagʻishlangan. Unda sportchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish uslublari, suzuvchilarning tayyorgarlik jarayonlari, musobaqalarga tayyorgarlik, va oʻquv mashgʻulotlari va boshqa masalalar ko'rib chiqiladi. Kitobda nazariy ma'lumotlar va amaliy tavsiyalar berilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 74.9%

"Átirapımızdaǵı álem" 2-klass

Ushbu darslik umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 2-sinfi uchun moʻljallangan boʻlib, atrofimizdagi olamni oʻrganishga bagʻishlangan. Unda tabiat, yillik mavsumlar, oʻsimliklar, hayvonot dunyosi, yer sayyorasi, vaqt oʻlchov birliklari, shuningdek, shahar va qishloq hayoti kabi keng koʻlamli mavzular qamrab olingan. Kitobda oʻquvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, tabiatga nisbatan qiziqish uygʻotish va kundalik hayot bilan bogʻliq bilimlarni mustahkamlash nazarda tutilgan. Har bir boʻlim oxirida mavzuni mustahkamlash uchun savollar va topshiriqlar berilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 74.8%