Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatidagi jiyda (Elaeagnus L.) turkumi turlarining morfobiologik xususiyatlari
Ushbu dissertatsiya Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatida o'suvchi Elaeagnus L. turkumi turlarining morfobiologik xususiyatlarini va fenosenologiyasini o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqotda jiyda turlarining mevalari, barglari, gullari morfologiyasining o'ziga xos jihatlari, ularning tarqalishi, ekologiyasi va fitosenologiyasi atroflicha o'rganilgan. Tadqiqot davomida jiyda turlarining morfologik belgilari bo'yicha yangi ma'lumotlar olingan hamda ularning turlari aniqlanib, klassifikatsiyasi takomillashtirilgan.