Karamatdin Sultanov nasrining poetikasi
Ushbu dissertatsiya Qoraqalpoq adabiyotining buyuk namoyandasi Karamatdin Sultonovning proza asarlarining poetikasini, ya'ni uning janriy, uslubiy izlanishlarini, sujet va konflikt yaratish mahoratini, obrazlar hamda obrazlar yaratish usullarini, shuningdek, badiiy til masalalarini tadqiq etishga bag'ishlangan. Tadqiqotda yozuvchining hikoya, ocherk, qissa, roman va memuar janrlaridagi asarlarining oʻziga xos xususiyatlari, uslubiy innovatsiyalari, badiiy mahorati chuqur tahlil qilingan. Tadqiqot Karamatdin Sultonov ijodining oʻzbek va jahon adabiyotida tutgan oʻrni, qoraqalpoq adabiyotining rivojlanishiga qoʻshgan hissasi hamda uning ijodiy merosini oʻrganishning ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyatini ochib beradi.