Kasbi tumanida yer resurslaridan samarali foydalanish maqsadida qo'llaniladigan kartalarni tuzishda geaxborot tizimi materiallarini tadbiq etish
Ushbu tadqiqot ishi Qashqadaryo viloyati Kamashi tumanida yer resurslaridan samarali foydalanish maqsadida qoʻllaniladigan kartalarni tuzishda geoaxborot tizimi materiallarini tadbiq etish muammolarini oʻrganadi. Ishda tumanining tabiiy-geografik sharoiti, yer resurslari, ulardan foydalanish va ularni boshqarishning dolzarb masalalari koʻrib chiqiladi. Geoaxborot tizimi (GIS) texnologiyalaridan foydalangan holda yer resurslari kartalarini yaratish va ulardan samarali foydalanish boʻyicha takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi — tuman yer resurslarini boshqarishda GIS texnologiyalarini qoʻllashning ilmiy-amaliy asoslarini ishlab chiqish va samaradorligini oshirishdan iborat.