Kunjut moyini maxalliy xom-ashyolar asosida tozalash
Ushbu maqola kunjut moyini mahalliy adsorbentlar yordamida tozalash tadqiqot natijalarini keltirib beradi. Tajribalar uchun Navoiy viloyatining Navbahor konidan olingan bentonit (NB) ishlatilgan. Kunjut yog'i o'zining yaxshi qurimaydigan xususiyati, tarkibidagi yog' kislotalari va uning qadimiy oziq-ovqat hamda tibbiyotdagi o'rni haqida ma'lumot berilgan. Tadqiqotda kunjut moyini tozalash jarayoni, jumladan, neytrallash va oqlash bosqichlari tavsiflangan. Tadqiqot natijalari mahalliy Navbahor bentonitining termik ishlov berilgandan so'ng moyni tozalashdagi samaradorligini ko'rsatadi.