Lakli miniatyurada ijodiy kompozitsiya bajarish texnika va texnologiyasi
Ushbu bitiruv malakaviy ishi lakli miniatyurada ijodiy kompozitsiya bajarish texnika va texnologiyasi (sovg'abob buyumlar misolida) mavzusiga bag'ishlangan. Unda miniatyura san'atining tarixi, Sharq miniatyurasining o'ziga xosliklari, lakli miniatyurada qo'llaniladigan asbob-uskunalar va materiallar, rang bilan ishlash texnologiyasi hamda uning zamonaviy rivojlanish bosqichlari haqida ma'lumot beriladi. Shuningdek, Kamoliddin Behzod ijodi va uning O'zbekiston miniatyura san'atiga qo'shgan hissasi atroflicha o'rganilgan. Kitobda miniatyura san'ati atamashunosligi va lug'ati ham keltirilgan bo'lib, bu soha mutaxassislari hamda yosh ijodkorlar uchun qimmatli manba bo'lib xizmat qiladi.