Logistika fanidan kurs ishini bajarish uchun
Ushbu uslubiy qo'llanma "Transport logistikasi va xizmatlar sohasi" yo'nalishi bo'yicha tahsil olayotgan talabalarga "Logistika" fanidan kurs ishini bajarishda zarur bo'lgan nazariy va amaliy bilimlarni tizimlashtirish, mustahkamlash va kengaytirishga qaratilgan. Unda moddiy oqimlarning tavsifi, ularni hisoblash, ombor maydonini hisoblash, transport vositasini tanlash hamda marshrutlarni asoslash kabi muhim masalalar o'z ichiga oladi. Qo'llanma talabalarga zamonaviy logistika tamoyillari va usullaridan amalda foydalanish ko'nikmalarini shakllantirishga yordam beradi.