M.M.Do’st qissalarida komiklik va fojiaviylik uyg’unligi
Ushbu kitob o‘zbek adabiyotidagi komiklik va fojiaviylik kategoriyalari masalasini Murod Muhammad Do‘stning “Mustafo” va “Iste’fo” qissalari misolida tahlil etadi. Unda komik va tragik unsurlarning o‘zaro munosabati, badiiy asardagi roli, shuningdek, qahramonlar xarakteridagi komik va fojiaviy jihatlar ko‘rib chiqiladi. Kitobda adibning o‘ziga xos uslubi, hayotiy voqealarni badiiy haqiqatga aylantirish mahorati ham tahlil etilgan.