O‘zbek xalqi taraqqiyotida mafkuraviy jarayonlar transformatsiyasi va uning zamonaviy tendensiyalari
Mazkur dissertatsiya avtoreferati Oʻzbekiston Milliy universiteti va Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti hamkorligida tayyorlangan. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-2026 yillarga moʻljallangan strategiyasi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar doirasida mamlakatimizda mafkuraviy jarayonlarning transformatsiyasi va zamonaviy tendensiyalari ilmiy-nazariy jihatdan oʻrganilgan. Tadqiqotda gʻoya va mafkura tushunchalarining ilmiy-nazariy tahlili, Oʻzbek xalqi taraqqiyotida mafkuraviy jarayonlarning davrlashtirilishi, ularning rivojlanish bosqichlari, mafkuraviy tahdidlar va ularga qarshi kurash usullari tahlil qilingan. «Yangi Oʻzbekiston» mafkurasi konsepsiyasini ishlab chiqish boʻyicha taklif va tavsiyalar berilgan. Tadqiqot natijalari ilmiy-amaliy anjumanlarda muhokama qilingan hamda respublika va xorijiy jurnallarda chop etilgan.