🔍

Mahsulot sifati nazorati

Ushbu uslubiy qo'llanma "Mahsulot sifati nazorati" fanidan namunaviy dastur, ishchi o'quv dasturi, ma'ruza mashg'ulotlarining ta'lim texnologiyasi va texnologik xaritasi, ma'ruza slaydlari, ma'ruzalar matni, amaliy mashg'ulotlarning ta'lim texnologiyasi va texnologik xaritasi, amaliy mashg'ulotlar uchun uslubiy ko'rsatmalar, nazorat turlari uchun tayyorlangan topshiriqlar variantlari, test savollari, fandan umumiy nazorat savollari va glossariy (izohli lug'at) jamlangan. Ushbu o'quv-uslubiy majmua texnikaoliy o'quv yurtlari 5320300-Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (sanoat)ta'lim yo'nalishining pedagog-o'qituvchilari uchun tavsiya etiladi. Shu bilan birga o'quv-uslubiy majmuadan ilmiy xodimlar, aspirant va tadqiqotchilar foydalanishlari mumkin.

🔑 Kalit soʻz🎯 100.0%

Mahsulot sifati nazorati

Ushbu uslubiy ko'rsatma «Mahsulot sifati nazorati» fanidan kurs ishini bajarish uchun kerak bo'ladigan ko'rsatmalar va kurs ishlari vazifalari hamda uni bajarish tartiblari berilgan. Kurs ishi haqida umumiy ma'lumotlar, quyilgan talablarni bajarishning tashkiliy tomonlari, kurs ishi ustida ishlash, himoyaga tayyorlash va himoya qilish tartibi to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan. Uslubiy ko'rsatma 5310900 - "Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti" yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan. Uslubiy ko'rsatma Наманган мухандислик қурилиш институти ilmiy-uslubiy kengashi qaroriga asosan nashr etildi.

🔑 Kalit soʻz🎯 100.0%

Mahsulot sifati va sifatni boshqarish

Ushbu kitob Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va Oʻrta Maxsus Taʼlim Vazirligi Navoiy Kon-Metallurgiya Kombinati Navoiy Davlat Konchilik Instituti tomonidan tayyorlangan «Mahsulot Sifati va Sifatni Boshqarish» fanidan amaliy mashg'ulotlarni o'tkazish uchun uslubiy qo'llanmadir. Kitobda mahsulot sifatini boshqarish, sifat ko'rsatkichlari, sifatni nazorat qilish va boshqarishning statistik usullari, ISO standartlari, audit jarayonlari va sifat menejmenti tizimini tahlil qilish kabi mavzular chuqur yoritilgan. Shuningdek, har bir mavzu bo'yicha nazariy ma'lumotlar, amaliy topshiriqlar va nazorat savollari keltirilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 100.0%

Sanoat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish tannarxi tahlili

Ushbu kitob sanoat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish tannarxini tahlil qilish, uni pasaytirish yo'llari hamda iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida tannarxni boshqarish masalalariga bag'ishlangan. Unda tannarxning nazariy asoslari, tarkibi, tahlil usullari va buxgalteriya hisobi kabi jihatlar ko'rib chiqiladi. Korxonalarning moliyaviy holatiga tannarxning ta'siri, resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish va xarajatlarni kamaytirish strategiyalari tahlil qilinadi.

🔑 Kalit soʻz🎯 100.0%

Mahsulotlarni saralash

Ushbu o‘quv qo‘llanmada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saralash, ularning sifatini aniqlash usullari, saqlash texnologiyalari va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha HACCP tizimi, shuningdek, chorvachilik, baliqchilik, tuxum, sut va o‘simlik moyi mahsulotlarini saralash kabi muhim mavzular chuqur yoritilgan. Qo‘llanma kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari, talabalar, magistrantlar va keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

🔑 Kalit soʻz🎯 75.6%