Shirin Qovunlar mamlakati
«Shirin qovunlar mamlakati yoki sehrgarlar jangi» - Xudoyberdi To'xtaboyevning ertak-romani. Unda Shirin qovunlar mamlakatini har xil illatlardan tozalash maqsadida Sehrgar Iblis bilan jang qilgan Akbarjonning sarguzashtlari hikoya qilinadi. Akbarjonga bu jangda ustozi professor Dar Daraja va Sehrli Qalpoqcha yordam berishadi. Roman xayolotga boyligi va qiziqarli voqealar bilan to'ldirilgani bilan ahamiyatlidir.