Mamlakatda investitsion muhitni yanada kengaytirish rivojlanish samaradorligining jadal sur‟atlarida
Ushbu maqola O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli iqtisodiy-siyosiy islohatlar natijasida iqtisodiy o'sish imkoniyatlari, investitsion muhitni yanada kengaytirish va kichik biznesning rivojlanish samaradorligini tahlil qiladi. Prezidentimizning 2017-2021 yillardagi Harakatlar strategiyasi asosida bank-moliya tizimining rivojlanishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YaIMdagi ulushi hamda uning jahon iqtisodiyotidagi o'rni haqida ma'lumotlar keltirilgan. Shuningdek, kichik biznesni qo'llab-quvvatlashda tijorat banklarining rolidan va chet davlatlar tajribasidan misollar keltirilgan.