Mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalash vositalari.
Ushbu bitiruv malakaviy ishi O'zbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta'lim vazirligi tasarrufidagi Andijon davlat universiteti, Jismoniy madaniyat fakulteti, «JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI» kafedrasida tayyorlangan boʻlib, mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalash vositalari mavzusiga bagʻishlangan. Ishda yosh avlodni jismonan barkamol va maʼnaviy yetuk inson qilib tarbiyalashda jismoniy tarbiya va sportning roli, ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sport sogʻlomlashtirish tadbirlarining ahamiyati, barkamol avlodni tarbiyalashda sogʻlom turmush tarzining ahamiyati kabi mavzular chuqur tahlil etilgan. Tadqiqot davomida jismoniy mashqlarning turlari, ularning inson salomatligiga taʼsiri, jismoniy tarbiyaning hayotiy zarurligi, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish usullari hamda tabiat omillarining sogʻlomlashtirish tadbirlaridagi oʻrni atroflicha oʻrganilgan.