Mavzelarda bolalar maydonchasi dizayni va interaktiv rivojlantirish markazi interyeri
Ushbu bitiruv malakaviy ishi "Mavzelarda Bolalar Maydonchasi Dizayni va Interaktiv Rivojlantirish Markazi Interyeri" mavzusiga bag'ishlangan. Unda bolalar maydonchalarining dizayni, ularning tarixi, rivojlanishi, zamonaviy talablar va xavfsizlik qoidalari, shuningdek, o'yin elementlarini tanlash va joylashtirish mezonlari batafsil yoritilgan. Loyihada zamonaviy texnologiyalar, psixologik yondashuvlar va bolalar rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar hisobga olingan. Ishda qishki va yozgi mavsumlar uchun mo'ljallangan hududlar, dam olish zonalari, ijodiy xonalar va boshqa infratuzilmalar dizayni taklif etilgan.