Maynaning ekologiyasiga doir materiallar
Ushbu maqolada Samarqand shahri va Urgut tumani Ettiuyli soy sharoitida maynaning ekologiyasiga oid ma'lumotlar keltirilgan. Shahar va tog'li sharoitda maynaning tuxum bosish va polaponlarini tuxumdan ochib chiqish muddatlarida farqlar borligi aniqlangan. Maynalar uya qurishi, tuxum qo'yishi, polaponlarining rivojlanishi, oziqlanishi va geografik zonalarda tuxumdan polaponlarining chiqishi turlicha bo'lishi kabi masalalar ko'rib chiqiladi.