Mehr-shafqat
Ushbu kitob Chirchiq shahar XTMFMT va TEBga qarashli 11-umumiy o'rta ta'lim maktabi tarix fani o'qituvchisi Teshaboyeva M. Mning nogironlar kuni munosabati bilan "Mehr-shafqat” mavzusida yozgan bir soatlik dars ishlanmasidir. Unda nogironlarni ijtimoiy himoya qilish, ularga yaratilgan sharoitlar va imtiyozlar haqida ma'lumotlar berilgan. Dars ishlanmasi davomida o'quvchilarning bilim, malaka, ko`nikmalarini oshirish, ularni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, Vatan mustaqilligi,yurt tinchligi haqidagi xotira, tafakkur va idrokni shakillantirish ko'zda tutilgan. Shuningdek darsning mustahkamlash qismida bir nechta savollarga javob berish orqali mavzuni o'zlashtirish ko'zda tutilgan.