Membrana o’tkazuvchanligini o’rganishning zamonaviy usullari
Ushbu kitobda biologik membranalar tuzilishi, ularning xossalari, ion kanallari va ularning faoliyat mexanizmlari, shuningdek, turli moddalarning membranalar orqali tashilishi kabi masalalar ko'rib chiqilgan. Diterpenoidlarning membranafaol xususiyatlari, xususan, qo'shqatlamli lipid membranalar (BLM) o'tkazuvchanligiga ta'siri o'rganilgan. Bundan tashqari, DSK usuli yordamida membranafaol moddalarning lipidlar bilan o'zaro ta'siri tadqiq etilgan va zamonaviy biofizikaviy usullar tavsiflangan.