Metall konstruktsiyalari
Ushbu o’quv-uslubiy qo’llanma «Qurilish konstruktsiyalarini hisoblash va loyihalash asoslari» hamda «Temirbeton konstruktsiyalar» mavzularini o’z ichiga oladi. Unda qurilish konstruksiyalarining asosiy turlari, ularning xossalari, hisoblash usullari hamda ularning konstruktsiyalash asoslari batafsil yoritilgan. Xususan, temirbeton, metall, tosh-g’isht, yog’och konstruktsiyalar, shuningdek, armatura va ularning mexanik xossalari, yuklar va ta’sirlar, deformatsiyalar, mustahkamlik hisoblari va konstruktsiyalash usullari haqida atroflicha ma’lumot berilgan. Kitob davlat ta’lim standartlari asosida tayyorlangan bo’lib, talabalarga nazariy bilim berish bilan birga amaliy ko’nikmalar hosil qilishga ham yordam beradi.