MikroGES asinxron generatorni dinamik ish rejimlarini modellashtirish
Ushbu tadqiqot O'zbekistonda kichik gidroelektr stansiyalari (mikroGES) uchun asinxron generatorlarning dinamik ish rejimlarini modellashtirishga bag'ishlangan. Asosiy maqsad - bu generatorlarni rivojlanayotgan energiya manbalari asosida ishga tushirish va ularning barqarorligini ta'minlashdir. Tadqiqotda asinxron generatorlarning matematik modellari, ularning avtonom rejimdagi ishlashini optimallashtirish usullari, shuningdek, nazariy va amaliy natijalarni tahlil qilish o'z ichiga oladi. Ishda aniqlangan tadqiqot natijalari, ushbu texnologiyalarni Respublikamizda joriy etish va milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga hissa qo'shish masalalariga ham to'xtalib o'tilgan.