Avtomatlashtirishning mikroprotsessorli vositalari
Ushbu kitob "Avtomatlashtirishning mikroprotsessorli vositalari" fanidan namunaviy dastur, ishchi o‘quv dasturi, ma’ruza mashg‘ulotlarining ta’lim texnologiyasi va texnologik xaritasi, ma’ruza slaydlari, ma’ruzalar matni, amaliy mashg‘ulotlarning ta’lim texnologiyasi va texnologik xaritasi, amaliy va tajriba mashg‘ulotlari uchun uslubiy ko‘rsatmalar, nazorat turlari uchun tayyorlangan topshiriqlar variantlari, test savollari, fanda umumiy nazorat savollari va glossariy (izohli lug‘at) jamlangan. Ushbu o‘quv-uslubiy majmua texnika oliy o‘quv yurtlari "Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqaruv (tarmoqlar bo’yicha)" ta’lim yo’nalishlarida mutaxassislik fanlaridan ta’lim beruvchi pedagog-o’qituvchilari uchun tavsiya etiladi.