Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida millatlar va millatlararo munosabatlar rivoji
Ushbu dissertatsiya Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasida millat rivoji va millatlararo munosabatlarni takomillashtirishning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlarini ochib berishga bag'ishlangan. Tadqiqotda millatlararo munosabatlar, ularning mohiyati, genezesi va evolyutsiyasi, global ilmiy-nazariy konsepsiyalar, milliy-madaniy markazlarning roli, millatlararo hamjihatlik va totuvlikni ta'minlash omillari, destruktiv g'oyalar va jarayonlar, shuningdek, millatlararo munosabatlarning nazariy-metodologik va konseptual asoslari kabi masalalar atroflicha o'rganilgan. Tadqiqot natijalarida millatlararo munosabatlarni mustahkamlash bo'yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Xususan, millatlararo totuvlik va hamjihatlikni ta'minlash, dunyo mamlakatlari bilan do'stlik aloqalarini rivojlantirish, milliy-madaniy markazlar faoliyatini takomillashtirish kabi muhim vazifalarga urg'u berilgan. Dissertatsiya jahon tajribasi va zamonaviy ilmiy-nazariy qarashlar asosida millatlararo munosabatlarni rivojlantirishning dolzarb masalalarini yoritib beradi.