Rangtasvirda ijodiy miniatyura ishlash va shu mavzuda dars berish uslubini yaratish
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan, Mirzo Ulug'bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining "Arxitektura" fakulteti "Kasb ta'limi" kafedrasi tomonidan yaratilgan bitiruv malakaviy ishidir. Ish "Rangtasvirda ijodiy miniatyura ishlash va shu mavzuda dars berish uslubini yaratish" mavzusiga bag'ishlangan. Unda miniatyura san'atining asosiy mazmuni, mavzu mazmunini xalq kitobxon tasavvuridan kelib chiqib tasvir etish masalalari ko'rib chiqilgan. Shuningdek, unda so'ngi paytlarda yoshlarni badiiy mehnat va kasb-hunar ta'lim orqali tarbiyalash borasida davlatimiz rahbariyati tomonidan bir qator qonun va farmonlar qabul qilingani, "Ta'lim to'g'risida"gi qonun, kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Xalq badiiy bezagi, hunarmandchilik va amaliy san'atni yanada rivojlantirishni davlat yo'li bilan qo'llab-quvvatlab chora-tadbirlari to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi farmoni kabi masalalar yoritib berilgan. O'qituvchining taqvim mavzu rejasi, dars tahlili va ilmiy-uslubiy ishlar ham kitob mazmunini tashkil etadi. Bundan tashqari kitobda talabalarning estetik tarbiyasi, hayotiy faoliyat xavfsizligi va tabiatni muhofaza qilish masalalari ham o'rin olgan.