MINTAQADA TURISTIK-REKREATSION KLASTERLARNI SHAKLLANTIRISH YO`NALISHLARI
Ushbu dissertatsiya «Mintaqada turistik-rekreatsion klasterlarni shakllantirish yo'nalishlari» mavzusiga bag'ishlangan bo'lib, unda O'zbekiston, xususan, Xorazm viloyati misolida turistik-rekreatsion klasterlarni tashkil etish va rivojlantirishning nazariy-uslubiy asoslari, mintaqaning turistik-rekreatsion salohiyatini baholash hamda klasterlarni shakllantirish istiqbollari atroflicha o'rganilgan. Kitobda turizmning iqtisodiyotdagi o'rni, klasterlash nazariyasi, Xorazm viloyatining turistik resurslari, turistik infratuzilma va investitsiya loyihalari tahlil qilinadi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining turizm sohasini rivojlantirishga oid qarorlari va konsepsiyalari, sohaga oid statistik ma'lumotlar ham keltirilgan.