O’zbek tili morfologiyasi formalizatsiyasidan foydalanib morfologik va semantik lug’at qurish
Ushbu kitob kompyuter lingvistikasi va tabiiy tillarni formalizatsiya qilish muammolariga bag'ishlangan. Unda o'zbek tili morfologiyasini kompyuter yordamida tahlil qilish, morfologik va semantik lug'atlar yaratish masalalari ko'rib chiqiladi. Kitobda lingvistik protsessorlarning tahlil fazalari, o'zbek kompyuter lingvistikasida qilingan ishlar, ot va sifat so'z turkumlarini formallashtirish modellari va algoritmlari batafsil yoritilgan. Shuningdek, kitobda tilshunoslikning matematik asoslari, tillarni modellashtirish usullari va kompyuter lingvistikasining dolzarb muammolari ham o'rin olgan.