Muzrabot tumani sharoitida uchrovchi bezgak pashshalarining faunasini o’rganish va ularga qarshi kurash usullari
Ushbu bitiruv malakaviy ishi Muzrabot tumani sharoitida uchrovchi bezgak pashshalarining faunasi, ularning tarqalishi, bioekologiyasi, o'rganish usullari va ularga qarshi kurashish choralarini o'rganishga bag'ishlangan. Ishda bezgak pashshalarining turlari, ularning sistematik o'rni, tarqalishi, bioekologik xususiyatlari, bezgak pashshasining lichinkalari va imagolariga qarshi kurashish choralari, bezgak pashshasining morfologiyasi haqida ma'lumotlar berilgan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, Muzrabot tumani bezgak yuqish xavfi yuqori bo'lgan hudud hisoblanadi. Shuning uchun bezgak pashshalariga qarshi kurash usullarini doimiy ravishda amalga oshirish muhimligi ta'kidlangan.