NP sinfidagi masalani genetik algoritmlar va avtomatlashgan dasturlash orqali “aqlli chumoli haqida” misolida yechish
Ushbu dissertatsiya ishi O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti matematika fakulteti algoritmlar va dasturlash texnologiyalari kafedrasida tayyorlangan. Magistrlik dissertatsiyasida NP sinfidagi masalalar, genetik algoritm, avtomatlashtirilgan dasturlash kabi tushunchalar, shuningdek "Aqlli chumoli" masalasini yechish uchun ishlab chiqilgan genetik algoritmlar va ularning amaliy tatbiqi, dasturiy ta'minoti hamda natijalari ko'rib chiqilgan.