Nanoelektronika fanini ta'lim muassasalarida o'qitish
Ushbu maqola nanoelektronika fanini o'qitish haqida bo'lib, nanoo'lchamli materiallar, ularning xossalari va qo'llanilishi hamda bu sohadagi ilmiy va texnik yangiliklar tahlil qilinadi. Nanoo'lchamli materiallarning fundamental parametrlari, masalan, yarim o'tkazgichlarda taqiqlangan soha kengligi, tok tashuvchilar harakatchanligi, elektronlarning energetik sathlari kabi xossalarining o'zgarishi, natijada ularning yangi xossalarga ega bo'lishi haqida ma'lumot beradi. Materiallarning o'lchamlari nano darajaga tushganda ularning fizik xossalarining o'zgarishi, ya'ni kremniyning elektroqizik parametrlari bilan butunlay yangi material xossalariga ega bo'lishi, shuningdek, CdS va oltin nanokristallarining erish haroratining ularning o'lchamlariga bog'liqligi misolida ko'rsatib berilgan. Bu sohadagi tadqiqotlarning nanoelektronika va nanotexnologiya fanlarining rivojlanishiga turtki berishi va nanoo'lchamli qurilmalar hamda asboblar yaratishning muhimligi ta'kidlanadi.