Gauss normal taqsimot qonuniga asosan odamning maksimal arterial qon bosimining taqsimlanishini o`rganish (xususiy hol uchun)
Ushbu kitobda Gauss normal taqsimoti qonuniga asoslangan holda odamning maksimal arterial qon bosimining taqsimlanishini o'rganish uslubiyoti bayon etilgan. Kitob talabalarga mo'ljallangan bo'lib, tibbiy-biologik kuzatishlarda normal taqsimlanish qonunining ahamiyati, matematik kutish, o'rtacha kvadratik chetlanish kabi tushunchalar, ehtimoliyatni aniqlash formulalari va ularning amaliyotda qo'llanilishi ko'rib chiqiladi. Shuningdek, kitobda qon bosimining taqsimlanishini tahlil qilish uchun zarur bo'lgan jadval tuzish, grafik chizish va statistik hisoblash usullari keltirilgan.